«qozog‘iston prezidenti» tegli maqolalar


Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi
21 dekabr 2022, 17:03

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Toqayev rasman prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qilindi
21 noyabr 2022, 10:29

Toqayev rasman prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qilindi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Qasim-Jomart Toqayev saylovchilarning 81,31 foiz ovozini olganini ma’lum qildi. Ovoz beruvchilarning 5,8 foizi «Barchaga qarshi» punktini tanlagan.

Mirziyoyev Toqayevni prezident saylovidagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi
21 noyabr 2022, 10:13

Mirziyoyev Toqayevni prezident saylovidagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi

Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Qosim-Jomart Toqayev g‘alaba qozondi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot chog‘ida uni saylovdagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi.

Qasim-Jomart Toqayev muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
1 sentabr 2022, 18:32

Qasim-Jomart Toqayev muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkaziladi, yanvar oyidagi namoyishlar ishtirokchilarining bir qismi amnistiya qilinadi, deya ma’lum qildi prezident Qasim-Jomart Toqayev. U prezidentlik vakolatini qayta saylanish huquqisiz 7 yillik muddat bilan cheklashni taklif qildi.

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi
17 iyun 2022, 23:47

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi

Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.

Qozog‘istonda prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy lavozimlarda ishlash taqiqlanishi mumkin
18 aprel 2022, 17:33

Qozog‘istonda prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy lavozimlarda ishlash taqiqlanishi mumkin

Qozog‘istonda prezidentning yaqin qarindoshlarini siyosiy lavozimlarga tayinlashni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, davlat rahbari prezidentlik davrida siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting